Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yerdagi otalar»mi yoki «Osmondagi bolalar»: Musoqovni yig‘latgan kimlar? (video)

«Osmondagi bolalar-3» filmi suratga olinmoqda! Film rejissyori, O‘zbekiston san’at arbobi  Zulfiqor Musoqov  bu haqida batafsil Xabar.uz saytiga intervyu berdi.

«Osmondagi bolalar» filmining mantiqiy davomi bo‘lajak –  «Yerdagi otalar»  orqali tomoshabin bilan nima haqida suhbatlashmoqchi, dardlashmoqchisiz? Bu filmni avvalgi qismlaridan farqli jihati nimadan iborat bo‘ladi?

–  Nima haqida dardlashmoqchiman?.. Oradan 20 yil o‘tdi... Vaqtni to‘xtatib bo‘lmaydi. Bo‘lajak film hammani tashvishlantirgan umuminsoniy qadriyatlar haqida... Vatan, ota-ona, farzand, umr yo‘ldoshga  bo‘lgan sevgi haqida!..

«Osmondagi bolalar» filmida O‘zbekiston xalq artisti Hojiakbar Nurmatov gavdalantirgan rejissyor obrazi tilidan: «Yoshlarga havasim keladi, ular toza!...» deya aytilgan fikr film g‘oyasidek yangaragan, nazarimda... Yana bir muhim jihat borki, inson butun hayoti davomida ana shu tozalikni saqlab qola olishi! Aytingchi, «osmondagi bolalar»dagi beg‘buborlik, tozalik ularning OTAlik obrazida qanchalik o‘zini saqlab qoldi ekan?

–  Ular do‘stlari, bolalari, oilasiga sodiq va tozaligicha qolishadi. Balkim, shu fazilatlari bilan ular hozirgi yoshlarga xos (hammasiga emas, albatta) bo‘lgan amalga, «liderlikka» intilish, soxta raqobatchilik va pul desa, o‘zini osmondan tashlab yuborish, «piar» kabi illatlardan jirkanadi...

Osmondagi bolalar bu – beg‘uborlik, Yerdagi otalar esa bu ..?  

–  «Osmondagi bolalar-3» – bu avvalambor, o‘z xatti-harakatiga bo‘lgan mas’uliyat! Ana shu mas’uliyat, film mohiyatini o‘zida ifodalaydi.

 Bugungi yoshlarga tilaklaringiz?

–  Bugungi yoshlarga bitta tilagim bor – hech qachon amalni deb yolg‘on gapirmanglar va o‘z ishinglarni professionallari bo‘lishlaringni xohlardim.

Keling, shu o‘rinda doimiy ijodiy hamkoringiz, kinodramaturg, «Osmondagi bolalar» filmi hammualif ssenariynavisi rahmatli Rixsivoy Muhammadjonovni xotirlasak... Ular bilan suhbatlashganimda, «Osmondagi bolalar» filmi g‘oyasi choy ustida, yarim soat ichida tug‘ilganligini aytib bergandilar. O‘sha kunni eslaylik...

–  Bu men uchun og‘riqli mavzu. Joylari jannatdan bo‘lsin! Agar Rixsivoy aka tirik bo‘lganlarida, kinomizda uchrayotgan bunaqangi ko‘zbo‘yamachilikka ular ham qarshi bo‘lardilar...

Lobar Qobilova suhbatlashdi. 

Suhbatning to‘liq versiyasini YouTube’dagi Xabar.uz kanalida tomosha qiling.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring