Yer uchastkalarini ajratish to‘g‘risidagi qarorlar xatlovdan o‘tkaziladi
«Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–138-son, 21.02.2022 y.) qabul qilingani xaqida xabar bergandik.
Unga binoan:
2022 yil yakunigacha sinov tariqasida Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod (Toshkent shahri) hamda Qibray va Toshkent tumanlari (Toshkent viloyati)da o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini hamda noqonuniy bino va inshootlarni kosmik suratlarni qayta ishlash orqali aniqlash choralari ko‘riladi.
Shuningdek, mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining yer uchastkalari berish haqidagi qarorlari quyidagi grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi:
- 2022 yil 1 maygacha – 2016–2021 yillarda qabul qilingan qarorlar;
- 2022 yil 1 avgustgacha – 2006–2015 yillarda qabul qilingan qarorlar;
- 2023 yil 1 yanvargacha – 2006 yilgacha qabul qilingan qarorlar.
Qarorga ko‘ra:
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi ekin yerlaridan oqilona va samarali foydalanilishi, rejadagi ekinlarning ekilishi va parvarishlanishi ahvoli bo‘yicha har chorakda kamida bir marotaba monitoring o‘tkazadi;
- Kadastr agentligi barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini aniqlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi.
Qaror bilan shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamentida Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘limi, hududiy tezkor-qidiruv xizmatlarida esa Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmalari tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter