Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Er o‘z xotinini «ushlab» olgan. «Samosud»ning barcha ishtirokchisi jazolandi

Er o‘z xotinini «ushlab» olgan. «Samosud»ning barcha ishtirokchisi jazolandi

Namangan viloyati IIB Yangiqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan «samosud» bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro N.N. 2022-yil 19-sentyabr kuni soat 23-00 larda, yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i D.K. bilan M.U.ni ishqiy munosabatda bo‘layotgan vaqtida ushlab olib, 10 nafar qarindosh va mahalladoshlari bilan M.U.ni arqon bilan bog‘lab, holatni tasvirga olib, hech bir roziliksiz qonunga xilof ravishda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan.

Ushbu holat yuzasidan joriy yilning 13-oktyabr sanasida Yangiqo‘rg‘on tuman sudining ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudda fuqaro N.N. MJtKning 183 moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb hisoblanib bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, D.K.ga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari hisobida jarima jazosi tayinlangan. Fuqaro M.U.ga esa 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, voqeada ishtirok etgan hamda uni tasvirga olib, tarqatgan shaxslarga ham jarima jazosi belgilanib, 5,7 va 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring