«EPIKA» haydovchisi hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi
Bugun, 9 oktyabr kuni soat 09:30 da Samarqand viloyati, Narpay tumani, Oqtosh shahrida yashovchi E. boshqaruvida bo‘lgan «EPIKA» avtotransport vositasi Narpay tumani A.Navoiy MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda harakatlanib kelib, boshqaruvini yo‘qotishi natijasida ushbu yo‘lning chap tomonidan oqib o‘tuvchi «Qozoqariq» kanaliga tushib ketgan.
YTH natijasida haydovchi turli tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.
Tekshiruvlar natijasida fuqaroning«epilepsiya» kasalligi borligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter