Yengilmas Floyd Meyvezer ringga qaytmoqda: raqibi — Xavfli
![Yengilmas Floyd Meyvezer ringga qaytmoqda: raqibi — Xavfli](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1337707552.jpg)
Floyd Meyvezer.
Amerikalik professional boks afsonasi Floyd Meyvezerni 14-may kuni yana ringda ko‘ramiz. Kichik Meyvezer Dubayda ko‘rgazmali jang o‘tkazadi.
Meyvezerning raqibi — yana bir amerikalik, Xavfli laqabli Don Mur degan bokschi.
45 yoshli Floyd Meyvezer Don Mur bilan yaxshi tanish — bir necha marta sparring-raqibi bo‘lgan.
Jang «Burj Al Arab Hotel»ning vertolyot qo‘nish maydonchasida, «The Global Titans Fight Series» peshlavhasi ostida o‘tkaziladi. 8 raundli jang bo‘ladi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/48/720__IabW07tUBrYpgHGlDTIkxq0f4WGUExFX.jpg)
Foto: «Sportbox»
Ushbu shou doirasida tomoshabinlar MMA yulduzi — afsonaviy O‘rgimchak, braziliyalik Anderson Silvaning o‘z vatandoshi Bruno Machadoga qarshi jangini ham tomosha qilishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter