Eng zararli go‘sht qaysi?
Odam salomatligi uchun eng zararli go‘sht — yaroqlilik muddati kattarog‘i, deydi ratsional ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis, shifokor-fizioterapevt Marina Vaulina «VM»ga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iste’molchilar, xususan, import qilinuvchi go‘shtlarning «elita» navlaridan hushyor bo‘lishlari lozim.
— Yaroqlilik muddati qancha katta bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi mamlakat shuncha uzoqda joylashgan, transportda tashish uchun o‘shancha ko‘p vaqt ketgan, mahsulotga shuncha ko‘p keraksiz kimyoviy moddalar — konservantlar qo‘shilgan bo‘ladi. Gap shundaki, bunday mahsulot bir necha marotaba muzlatiladi va eritiladi. Buning tanaga hech qanday foydasi yo‘q, — deya ta’kidlaydi u.
Shifokorlarning aytishicha, «delikates»ni yesa bo‘ladi, faqat me’yorni unutmaslik kerak. Shuningdek, u go‘shtni ko‘p qovurmaslikni, haddan tashqari ko‘p yog‘, tuz va ziravorlar qo‘shmaslikni hamda erigach muzlatkichda uzoq saqlamaslikni maslahat beradi.
Vaulinaning fikricha, odam tanasiga, ayniqsa, g‘oz, o‘rdak, qo‘y go‘shtining hazmi og‘irlik qiladi. Lekin hammasi go‘shtni qanday pishirishga bog‘liq. Mana, masalan, sabzavotlar bilan bug‘da pishgan go‘sht yengilroq hazm bo‘ladi. Kabobda esa, aksincha, tutun zarralari va kanserogen moddalar ham qo‘shilib ketadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter