Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng yomon o‘ynadi, ammo tarixga kirdi

Eng yomon o‘ynadi, ammo tarixga kirdi

Foto: «Favoritnr1.com»

Jahon chempionatining guruh bosqichlari tugashi bilan, pley-offga chiqqan jamoalar bilan birga, eng yomon natija ko‘rsatgan terma jamoa nomi ham aniq bo‘ldi.

Barcha ko‘rsatkichlar solishtiriladigan bo‘lsa, Panama terma jamoasi eng oxirgi o‘rinni egalladi. Nufuzli turnirda ilk marotaba qatnashgan va uch o‘yinni ham boy berishgan panamaliklarning to‘plar nisbati 2-11 ga teng bo‘ldi.

Birinchi uchrashuvda Belgiyadan 0-3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan Panama ikkinchi o‘yinda garchi ingizlardan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrasa-da (1-6), jahon chempionatlari tarixidagi ilk golini urdi. Oxirgi uchrashuvda esa tunisliklar g‘alabani ilib ketishdi: 1-2.

Bironta ochko ishlamagan terma jamoalardan yana biri Misr, ochig‘i, ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Biroq «fir’avnlar»ning urgan va o‘tkazib yuborgan to‘plari nisbati yaxshiroq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring