«Eng yaxshi non» — Samarqand noni ta’rifi «De Tijd» nashrida
Belgiyaning «De Tijd» gazetasi veb-saytida «Eng yaxshi non Samarqandda, O‘zbekistonda» sarlavhali maqola chop etildi.
«O‘zbek xalqi uchun non muqaddas bo‘lib, u haqida ko‘plab rivoyatlar, maqollar mavjud. Ulardan biri Buxoro amiri Samarqand nonini tatib ko‘rib, shaharning eng zo‘r novvoyidan ushbu nonni Buxoroda ham pishirishni so‘ragani haqidagi hikoyadir, — deyiladi maqolada. — Buxoroda tayyorlangan non Samarqand nonining mazasini bermaydi. Bu amirni g‘azablantiradi va novvoydan tushuntirish talab qiladi. Nonvoy un Samarqanddan keltirilmagani ta’kidlaydi. Ikkinchi marta non Samarqanddan keltirilgan undan pishiriladi. Biroq, bu ham Samarqand nonining asl mazasini bermaydi. Balki, bu suv bilan bog‘liqdir, deb o‘yladi novvoy va suvni ham Samarqanddan keltirishlarini so‘raydi. Ammo Buxoroda pishirilgan non Samarqandda tayyorlanganidek chiqmaydi. Shunda novvoy Samarqandning havosi nonning yetishmaydigan asosiy tarkibiy qismi ekanini aytadi».
Nashrda Samarqandda kuniga 12 ming dona non pishirilishi xabar qilingan.
«Retsept oddiy — xamirturushli xamirni bir kun oldin qorib bir kecha tindirasiz. Ertalab xamirga bir necha bor qo‘lda ishlov berib, yana tindiriladi. Xamir me’yoriga yetgach, unga shakl beriladi. Ularning o‘rtasi shishib ketmasligi uchun pastga bosiladi. Nonga kunjut sepiladi va bir xil qizarib pishishi uchun tuxum sarig‘i hamda ozgina sariyog‘ surtiladi», — deb yozgan «De Tijd».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter