Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng sog‘lom odamlar qayerda yashaydi?

Eng sog‘lom odamlar qayerda yashaydi?

Foto: Pritikin Longevity Center

CEOWORLD nashri eng sog‘lom mamlakatlar reytingini tuzdi.

Ekspertlar mamlakatlar aholisi salomatligi darajasini baholash uchun BMTning aholishunoslik bo‘limi, Jahon banki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda The Lancet ilmiy nashri tadqiqotlari ma’lumotlaridan foydalanishdi.

CEOWORLD Italiyani aholisi eng sog‘lom mamlakat deb topdi. Singapur — ikkinchi, Islandiya — uchinchi o‘rinda.

Eng sog‘lom 10 mamlakat

Manba: CEOWORLD

Reytingda ayrim mamlakatlarning joylashuvi: Germaniya (14), BAA (18), Isroil (22), Qatar (29), Janubiy Koreya (30), Saudiya Arabistoni (38), AQSh (45), Turkiya (61).

O‘zbekiston — 73-o‘rinda. Sobiq Ittifoq mamlakatlaridan Estoniya (44), Latviya (49), Litva (55), Moldova (59), Armaniston (67), Ozarbayjon (68), Belarus (69), Rossiya (71), Qozog‘iston (72)dan ortda, Gruziya (77), Tojikiston (86), Turkmaniston (89)dan oldindamiz.

O‘zbekistonning reytingdagi qo‘shnilari

Manba: CEOWORLD

100 mamlakat kiritilgan reytingda eng oxirgi davlat — Afrika janubida joylashgan Svazilend.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring