«Eng baland shoxdagi olma»: «Apple» joyiga qaytdi
«Apple» yana dunyodagi eng qimmat brendga aylandi — 263,3 mlrd. dollar. «Brand Finance Global 500» uning 2021-yildagi narxini shunday baholadi.
Besh yil avval — 2016-yili «Apple» xuddi shu mavqeda, birinchi o‘rinda edi.
Reyting tuzuvchilar kompaniya App Store, iCloud, Apple Podcasts, Apple Music, Apple TV va Apple Arcade singari raqamli servislari va obuna xizmatlarini yaxshi rivojlantirganini e’tirof etishgan. Birgina misol: yangi yilning ilk kunlarida App Store mijozlari raqamli mahsulot va xizmatlarga 540 million dollar sarflashdi.
O‘z biznesini muvaffaqiyatli diversifikatsiyalash evaziga «Apple» korporatsiyasi reyting yetakchilarini ortda qoldirdi va o‘z brendi qiymatini bir yil davomida 87 foizga oshira oldi, solishtirish uchun: ikkinchi o‘rindagi «Amazon» — 254,1 mlrd. dollar, +15,1 foiz, uchinchi o‘rindagi «Google» — 191,2 mlrd. dollar, +1,4 foiz.
Eng qimmat brendlar reytingida to‘rtinchi o‘rinda — «Microsoft» (140,4 mlrd. dollar, +20 foiz). Beshinchi o‘rinda — «Samsung» (102,6 mlrd. dollar, +8,6 foiz).
Top-10ga, shuningdek, «Walmart», «Facebook», «ICBC», «Verizon» va WeChat» kirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter