Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p uzum Samarqandda, go‘sht esa Qashqadaryoda: mahsulot yetishtirishda yetakchi hududlar ma’lum bo‘ldi

Eng ko‘p uzum Samarqandda, go‘sht esa Qashqadaryoda: mahsulot yetishtirishda yetakchi hududlar ma’lum bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yilning 9 oyida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bo‘yicha mahsulotlar yetishtirishda qaysi hududlar yetakchilik qilayotgani bo‘yicha ma’lumot berdi. Quyida to‘liq ma’lumotlar bilan tanishing:

Qashqadaryoda eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (790,2 ming tonna mahsulot).

Samarqandda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirilgan (1162,5 ming tonna).

Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan (512,1 ming tonna).

Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (195,7 ming tonna).

Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar yetishtirilgan (417,5 ming tonna).

Samarqandda eng ko‘p uzum yetishtirilgan (479,0 tonna).

Qashqadaryoda eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan (221,4 ming tonna).

Samarqandda eng ko‘p – 982,1 ming tonna sut olingan.

Toshkent viloyatida eng ko‘p – 987,2 million dona tuxum olingan.

Xorazmda eng ko‘p – 7 909 tonna baliq ovlangan.

Samarqandda 1586,1 ming bosh yirik shoxli qoramol bor.

Qashqadaryoda 4583,4 ming bosh qo‘y va echkilar bor.

Toshkent viloyatida eng ko‘p – 51105 bosh otlar bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring