Eng ko‘p tovuq va tuxum yetishtiradigan viloyatlar nomi ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-choragi davomida respublikamizda 1 374,4 mln. dona tuxum yetishtirilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur’ati 100,2 foizga teng.
Yanvar-mart holatiga respublikamizda 84,1 mln. bosh parrandalar mavjud. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur’ati 100,4 foiz. Eng ko‘p parrandalar soni Samarqand va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida yetishtirilgan tuxum hajmi:
- Qoraqalpog‘iston R. – 80,3 mln.
- Andijon – 52,3 mln.
- Buxoro – 83,3 mln.
- Jizzax – 50,6 mln.
- Qashqadaryo – 90,8 mln.
- Navoiy – 73,2 mln.
- Namangan – 111,9 mln.
- Samarqand – 243,7 mln.
- Surxondaryo – 100,2 mln.
- Sirdaryo – 33,7 mln.
- Toshkent – 242,1 mln.
- Farg‘ona – 103,2 mln.
- Xorazm – 109,1 mln. dona
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter