Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p maosh oladigan soha vakillari ma’lum qilindi

Eng ko‘p maosh oladigan soha vakillari ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

2022 yil yanvar—sentyabr oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 3,72 mln so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 24,9 foizga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Eng kam oylik ish haqi ikki barobarga — jami 23,1 foizga oshirilib, hozirda 920 ming so‘mni tashkil etmoqda.

2022 yil yanvar—sentyabr oylari uchun o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichini shakllantirishda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisobga olinmagan, chunki ular yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilangan.

Tarmoqlar bo‘yicha eng yuqori maoshlar bank, moliya va sug‘urta sohalarida — 9,73 mln so‘m.

Ikkinchi o‘rinni 6,97 mln so‘m bilan axborot va aloqa sohasi egalladi.

Uchinchi o‘rinda 4,85 mln so‘m bilan tashish va saqlash sohasi turibdi.

Sohalar doirasida ajratilgan faoliyat turlari orasida dasturlash 10,4 mln so‘m bilan yetakchilik qilmoqda.

Eng kam daromad sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (2,51 mln so‘m) va ta’lim (2,59 mln so‘m) sohalarida qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring