Eng ko‘p kartoshka yetishtiruvchi viloyatlar ma’lum bo‘ldi
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda respublikamizda qariyb 3,6 mln tonna kartoshka yetishtirilgan.
Kartoshka yetishtirish hajmi 2022-yil bilan solishtirilganda 3,8 foizga oshgan.
2023-yilda hududlar kesimida yetishtirilgan kartoshka hajmi:
Samarqand viloyati – 726,3 ming tonna
Andijon viloyati – 437,6 ming tonna
Toshkent viloyati – 386,6 ming tonna
Farg‘ona viloyati – 372,6 ming tonna
Surxondaryo viloyati – 356,5 ming tonna
Namangan viloyati – 337 ming tonna
Buxoro viloyati – 257,2 ming tonna
Qashqadaryo viloyati – 195,4 ming tonna
Xorazm viloyati – 148,1 ming tonna
Jizzax viloyati – 103,9 ming tonna
Qoraqalpog‘iston R. – 96,4 ming tonna
Navoiy viloyati – 88,1 ming tonna
Sirdaryo viloyati – 68,4 ming tonna
Eslatib o‘tamiz, Samarqand eng ko‘p go‘sht yetishtirish bo‘yicha ham birinchi o‘rinni egallagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter