Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng «ichkilikboz» mamlakatlar qaysiligini bilasizmi?

Eng «ichkilikboz» mamlakatlar qaysiligini bilasizmi?

Foto: «Depositphotos»

Litva aholi jon boshiga eng ko‘p alkogol ichadigan davlat deb topildi. U yerda aholi yiliga o‘rtacha 12,3 litr spirtli ichimlik iste’mol qiladi, deyiladi Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkilotining noyabr oyidagi nashrida. Bu haqda «RIA» xabar berdi.

Litvaning ortidan Avstriya (11,8 litr) va Fransiya (11,7) ergashdi. «Yetakchilar» beshligiga Chexiya (11,6 litr) va Lyuksemburg (11,3 litr) yakun yasab berdi.

Oltinchi o‘rinni Latviya bilan Irlandiya bo‘lishib olishdi. Bu davlatlarda aholi yiliga o‘rtacha 11,2 litr alkogol iste’mol qiladi. Vengriya va Rossiya 11,1 litr ko‘rsatkich bilan yettinchi o‘rinni zab etishdi. Germaniya sakkizinchi (10,8 litr), Portugaliya to‘qqizinchi (10,7 litr) va Polsha o‘ninchi (10,6 litr) o‘rinlarni egallashdi.

Tashkilot Indoneziya (0,3 litr), Turkiya (1,4 litr), Isroil (2,6 litr), Hindiston (3,0 litr) va Kosta-Rikani (3,8 litr) eng «ichmaydigan» davlatlar deb topdi.

Yuqorida sanab o‘tilgan davlatlarning deyarli barchasida aholi jon boshiga alkogol iste’moli 2007 — 2017-yillar davomida kamaygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring