Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng halokatli saraton kasalliklaridan birining alomatlari aniqlandi

Eng halokatli saraton kasalliklaridan birining alomatlari aniqlandi

Foto: «Solenka.info»

Kolumbiya universiteti (AQSh) olimlari oshqozon osti bezi saratonini o‘z vaqtida aniqlay oladigan belgilarni ma’lum qilishdi. Tadqiqot ColumbiaSurgery saytida e’lon qilingan.

Ilk alomatlari sezilmasdan rivojlanadi. Shuning uchun bemorlar ko‘pincha kasallik va uning xavfini bilishmaydi. Bu oshqozon osti bezining o‘ziga xos joylashuvi bilan izohlanadi: o‘simta yillar davomida og‘riqsiz o‘sishi mumkin.

Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, teri va ko‘z oqining sarg‘ayishi kasallikka xos belgilardan biridir. Qonda safro (bilirubin) komponenti to‘planadi. Uni jigar eskirgan qizil qon tanachalari parchalanish mahsuloti sifatida ishlab chiqaradi va keyin organizmdan chiqariladi.

Oshqozon-ichak yo‘li faoliyati buzilishi (qorin og‘rig‘i, ich ketishi, ko‘ngil aynishi) ham tez-tez uchraydi. Xatarli o‘smadan bir necha hafta davomida belning o‘rta va pastki qismidagi o‘tkir og‘riqlar ogohlantirishi mumkin. Gap shundaki, o‘sma kattalashib, qo‘shni a’zolarni eza boshlaydi.

Bundan tashqari, to‘satdan diabet me’da osti bezi ishlamay qolishi haqida signal beradi va ayniqsa, saraton kasalliklariga olib kelishi mumkin. Ko‘pincha o‘smasi bo‘lgan bemorlar birdan ozib ketishadi: odatda bu funksional fermentlar yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Oshqozon osti bezi saratoni katta yoshli aholi orasida eng ko‘p uchraydigan onkologik kasalliklar bo‘yicha oltinchi o‘rinda turadi. 2020-yilda dunyoda saratonning bu turidan o‘lim darajasi 93,99 foizni tashkil etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring