Eng elektromobillashgan mamlakatlar reytingi tuzildi
Germaniyadagi «Quyosh energiyasi va vodorodni tadqiq qilish markazi» (ZSW) mamlakatlar, brendlar va modellar misolida jahon elektromobillar bozorining so‘nggi 5 yildagi «portreti»ni yaratdi.
Shu tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, jahon bo‘yicha turli toifadagi 5,6 millionta elektrlashtirilgan avtomobil bor. Shulardan 2,2 million donasi 2018-yilda xarid qilingan.
Eng elektromobillashgan mamlakatlar «kuchli beshligi»dan Xitoy, AQSh, Norvegiya, Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rin olgan. Bular orasida ikki yetakchi mamlakatdagi avtomobillar soni boshqalarnikidan ancha ko‘p: Xitoyda — 2,61 mln., AQShda — 1,1 mln. dona.
2018-yil yakunlari: eng elektromobillashgan mamlakat — Xitoy, yil brendi — «Tesla», yil modeli — «Tesla Model 3».
Eng elektromobillashgan mamlakatlar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter