Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energetika vazirligi anomal issiqda tejamkor bo‘lishni so‘radi

Energetika vazirligi anomal issiqda tejamkor bo‘lishni so‘radi

Foto: «Xabar.uz»

Energetika vazirligi va vazirlik tizimidagi barcha tashkilotlar tomonidan havo haroratining keskin ko‘tarilishi kunlarida iste’molchilarga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, ushbu kunlarda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi stansiyalarda zaxira energobloklari ishga qo‘shiladi. Elektr energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish maqsadida joriy yil boshidan 2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish tarmoqlari va 330 dan ortiq transformator punklari yangilangan.

Barcha elektr stansiyalarda 24 soatlik navbatchilik guruhlari tashkil etildi.

«Buning natijasida ishlab chiqarish quvvatlari barqarorligi ta’minlanadi. Xuddi shuningdek, elektr tarmoqlarida favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar bo‘ylab tunu-kun ishlaydigan 227 ta avariyaga qarshi brigadalar tashkil etildi», deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, vazirlik yurtdoshlarimizga murojaat qilib, respublikamizda havo haroratining anomal darajada isishi natijasida elektr qurilmalarida ortiqcha yuklama tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni oldini olish maqsadida elektr energiyasidan tejamkorlik bilan, shuningdek, imkon qadar sovutish qurilmalaridan oqilona foydalanishni, zarur bo‘lmaganda elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17-22 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayishi sababli kunduz kunlari ayrim hududlarda havo harorati +47 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring