Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endilikda «Facebook»ka eksklyuziv video joylashtirish orqali pul ishlash mumkin bo‘ladi

Endilikda «Facebook»ka eksklyuziv video joylashtirish orqali pul ishlash mumkin bo‘ladi

Foto: «KP.UA»

«Facebook» kompaniyasi videoga pullik obunalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Foydalanuvchilar buning evaziga u yoki bu video muallifining eksklyuziv mahsulotiga kirish va uning obunachisi belgisini olishi mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, «Meduza» xabar berdi.

Obuna oyiga 4,99 dollar bo‘ladi. Video muallifi ushbu summadan 3,5 dollarni oladi – qolgan foiz «Apple» va «Google»ga o‘z platformalarida tranzaksiyalar o‘tkazilgani uchun beriladi.

Ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoq video mualliflari «YouTube»ga o‘tib ketmasliklari uchun obunalarni tashkil qilmoqda. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, yangi funksiyani sinovdan o‘tkazish aprel oyi o‘rtalarida boshlanadi. Dastlab obunalar faqat video mualliflarining cheklangan doirasiga taqdim etiladi.

2017-yilning avgustida «Facebook» reklamalar orqali pul ishlash imkonini beradigan «Watch» servisini ishga tushirgandi. «Watch»ga yuklangan kontent yaratuvchilari reklamadan keladigan daromadning 55 foizini, servis 45 foizini oladi. Hozircha mazkur servisdan faqatgina AQShda foydalanish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring