Endi yangi qurilgan uylar «korobka» holatida topshirilmaydi —vazir o‘rinbosari
Endilikda yangi qurilgan uylar «korobka» holatida topshirilmaydi. Bu haqda AOKAda o‘tayotgan matbuot anjumanida Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov ma’lum qildi.
«Aholiga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida normativlarga o‘zgarishlar kiritildi. Bundan keyin uylar «korobka» holatida topshirilmaydi. Bu tartib-tamoyil 3 oydan keyin, apreldan kuchga kiradi.
Pudrat tashkilotlari qurib topshirayotgan barcha uylarning 100 foiz devorlari, kommunikatsiya tarmoqlari tortilgan bo‘ladi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter