Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Blogerlar chempionatiga video, audio va fotobloglarni ham yuborish mumkin

Endi Blogerlar chempionatiga video, audio va fotobloglarni ham yuborish mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq Blogerlar chempionatiga ijodiy ishlarni qabul qilish boshlangani, biroq hozircha chempionatda qatnashish istagida bo‘lganlar faqatgina matnli blogpostlarni yuborishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik. Chunki bugungacha chempionat nizomida qayd etilganidek, video, audio va fotobloglarni taqdim etish texnik jihatdan imkonsiz bo‘lib turgandi.

Va’da berganimizdek, video, audio va fotobloglarni ham platformaga joylash imkoni yaratildi. Buning uchun tunni tonglarga ulab mehnat qilgan jamoamizning texnik xodimlariga minnatdorlik bildiramiz!

Quyidagi skrinshotlarda Blogerlar chempionati o‘tkazilayotgan http://blog.xabar.uz/ platformasiga foto, video va audiobloglar qanday joylashtirilishi qadamba-qadam ko‘rsatilgan.

Video, audio va fotobloglar matnli blogpostlar bilan bir xil tarzda saytga joylanadi. Buning uchun «Ishtirok etish» yoki «Blogpost yuborish» deb nomlangan tugmalardan biri bosiladi.
«Ishtirok etish» yoki «Blogpost yuborish» deb nomlangan tugmalardan biri bosilganda yuqoridagi oyna ochiladi. «Blogpostning to‘liq matnini kiriting» degan yozuvning ustiga bosiladi.
«Blogpostning to‘liq matnini kiriting» degan yozuvning ustiga bosilganda «+» (plyus) belgisi hosil bo‘ladi. Uning ustiga bosiladi.
«+» (plyus) belgisining ustiga bosilganda, foto va videoning belgisi (ikonkasi) paydo bo‘ladi. Fotoblogerlar o‘z ishlarini yuborish uchun fotobelgining, video va audioblogerlar esa videobelgining ustiga bosishlari lozim. Fotobelgi bosilganda yangi oyna ochilib. fotofayllar qayerda turgani so‘raladi, bemalol yuklash mumkin.      
Videobelgi bosilganda, skrinshotdagi yozuv paydo bo‘ladi. Video va audifayllar avval boshqa platformaga joylanib, saytga havolasi qo‘yiladi.    
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring