Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Rossiyaga borayotgan o‘zbekistonliklardan QR-kod talab qilinadi

Endi Rossiyaga borayotgan o‘zbekistonliklardan QR-kod talab qilinadi

2025-yil 30-iyundan boshlab vizasiz tartibda Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham «Gosuslugi RuID» mobil ilovasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishi va QR-kod olishi shart bo‘ladi.

QR-kodni chegaradan o‘tishda taqdim etish talab etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:

  • shaxsiy kabinet yaratish;
  • fotosurat va shaxsiy ma’lumotlarni yuklash;
  • Rossiyada bo‘lish muddatini ko‘rsatish kerak.

Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi lozim.

Agar kelish zarurati to‘satdan (masalan, og‘ir kasallik yoki yaqin qarindosh vafoti) paydo bo‘lsa, arizani 4 soat qolganda ham topshirish mumkin.

Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilinadi:

  • Belarus fuqarolari;
  • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar.

6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topshiradi — ularda ham shaxsiy ro‘yxatdan o‘tish kodi bo‘lishi shart.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring