Endi Paynet orqali ham kartadan pul yechish mumkin bo‘ladi
Markaziy bank sinov tariqasida «UZPAYNET» MChJning to‘lov agentlik tarmog‘i orqali bank kartalari saqlovchilariga naqd pul berishga ruxsat bermoqda.
Sinovdan o‘tkazish boshlanadigan sana sifatida 2023 yil 1 iyun belgilangan. Sinovdan o‘tkazishni tugatish sanasi esa — 2023 yil 1 dekabr.
Avvalroq, Korzinka tarmog‘i kassalari orqali ham bank kartalaridagi mablag‘ni naqdlashtirishga ruxsat berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter