Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi ko‘chatlar sun’iy tarzda o‘stiriladi

Endi ko‘chatlar sun’iy tarzda o‘stiriladi

Ertaga Samarqand shahrida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya ish boshlaydi. Shu munosabat bilan bugun konferensiya oldidan Samarqand shahridagi «EXPO» markazida amaliy ko‘rgazma tashkil etildi.

Unda xalqaro konferensiya doirasida muhim 9 ta yo‘nalishlardan biri bo‘lgan «In-vitro» usuliga alohida to‘xtalib o‘tildi. «In-vitro» bu – stakan ichida ya’ni, sun’iy muhitda ko‘chatlarni yetishtirish jarayonidir.

– «In-vitro» usulida yetishtirilgan ko‘chatlarning an’anaviy yetishtirilgan ko‘chatlardan bir necha marotaba afzallik tomonlari mavjud. Shulardan biri, bu usulda yetishtirilgan ko‘chatlar sog‘lom o‘sadi, turli xil kasallik va zararkunandalar xavf solmaydi. Ko‘chatlar tashqi muhitdan ajratilgan holda sun’iy idishlarda undiriladi. Bundan tashqari ushbu ko‘chatlar yerga ekish uchun mavsum tanlamaydi. Yilning har qanday faslida ham bemalol ularni ekish mumkin, – deydi mutaxassis Elboy Bozorov.

Joriy yilda meva va uzum ko‘chatlarini yetishtirishda 9 ta yangi «In-vitro» laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. 40 mln. donadan ortiq virussiz intensiv payvandtaglar yetishtirildi va ko‘chatga bo‘lgan talabning 60-70 foizi qoplandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring