Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi IIV uylarga kuzatuv kameralarini bepul o‘rnatadi

Endi IIV uylarga kuzatuv kameralarini bepul o‘rnatadi

2018-yil 12-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini ta’minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan.

Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga ularga qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish mobaynida foydalanishga beriladigan qo‘riqlov texnik vositalari jihozlarini o‘rnatish hamda bepul texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Xo‘sh, tabiiy savol tug‘iladi: ichki ishlar organlari shuncha mablag‘ni qayerdan oladi? Yuqoridagi qarorda bu savolga javob va yechim belgilangan.

Ya’ni prezidentning 2018-yil 29-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan boshlab davlat maqsadli jamg‘armalariga undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilinadi. Shu munosabat bilan ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmatining bo‘shaydigan moliyaviy mablag‘lari jismoniy shaxslarning xonadonlari va uy-joylariga bosqichma-bosqich qo‘riqlov jihozlarini bepul o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring