Endi dorixonalarda video kuzatuv kameralari bo‘lishi shart
Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-dekabrdan boshlab kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan dorilarning chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalar, tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur ro‘yxat Hukumat tomonidan bir hafta muddatda tasdiqlanishi lozim.
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
- kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan dorilar uchun yozilgan retseptlar dorixonalarda bir yil davomida saqlanadi;
- bemorga retseptli dorilarni retseptni rasmiylashtirmasdan tayinlash taqiqlanadi;
2020-yil 1-yanvardan boshlab dorilar va tibbiy buyumlarning savdo jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash mazkur faoliyat uchun litsenziya talabi hisoblanadi va talabning muntazam bir yil davomida bir martadan ko‘p buzilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladi.
2021-yil 1-yanvarga qadar elektron tarzda retsept berish axborot tizimi joriy etiladi.
Mazkur axborot tizimi 2021-yil 1-martdan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-martdan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida majburiy ravishda qo‘llaniladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter