Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi dars rus tili va boshqa tillarda o‘tiladigan maktablarda Davlat (o‘zbek) tili chuqurroq o‘rgatiladi

Endi dars rus tili va boshqa tillarda o‘tiladigan maktablarda Davlat (o‘zbek) tili chuqurroq o‘rgatiladi

Foto: marifat.uz

Biroz vaqt muqaddam yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan 10 ta o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib o‘tilgan edi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, yangi o‘quv yilidan rus tili va qardosh tillarda dars o‘tiladigan maktablarda Davlat (o‘zbek) tili chuqurroq o‘rgatiladi.

«Bu yilgi o‘quv rejaga kiritilgan eng katta o‘zgarishlardan biri — ta’lim rus tili va qardosh tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablarida davlat (o‘zbek) tilini chuqurroq o‘rgatish maqsadida 5-sinfdan boshlab, o‘zbek tili faniga haftasiga qo‘shimcha 1 soat qo‘shib berildi», — deyiladi vazirlik tomonidan berilgan xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring