Endi chiqindini olib ketish xizmati uchun QQS hisoblanadi
Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga ko‘ra, joriy yilning 1-aprelidan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi bekor qilinadi.
Mazkur tartibni joriy etilishi bo‘yicha mas’ul Soliq organi tomonidan berilgan tushuntirishga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan ko‘rsatiladigan sanitar tozalash xizmatlari qiymatiga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi.
Ya’ni, masalan amaldagi xizmat qiymati 4000 so‘mni tashkil etsa, ushbu qiymatga nisbatan 1-apreldan boshlab 12 foiz miqdorda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi va jami xizmat qiymati 4480 so‘mni tashkil etadi.
Yuqoridagi o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi «Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 891-son Qonuniga ko‘ra amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi «Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi» DUK tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorining yangilangan tarifini tasdiqlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter