Endi bayram salyutlari bir nechta joylarda otiladi
Toshkent shahar hokimining poytaxt aholisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida yig‘ilganlar tomonidan bayram mushakbozligini yanada go‘zal va xilma-xil qilish, poytaxt hududi kattaligini hisobga olib, shaharning besh-olti joyida ushbu tadbirni amalga oshirish taklifi bildirildi.
Ushbu takliflarni o‘rganib chiqqan holda, Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahrida o‘tkaziladigan kelgusi bayramlarda otiladigan mushaklarning sifatini va go‘zalligini, zamonaviy shakllarda aks etishini xalqaro darajaga ko‘tarishni va otiladigan mushaklarning sonini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda.
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, shahar aholisi va mehmonlari mushakbozlikdan bahra olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun poytaxtning bir nechta hududlarida mushakbozlik o‘tkazilishi ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter