Endi ayrim mansabdorlarga ko‘rsatgan ishiga qarab maosh to‘lanadi
Iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) joriy etiladi. Ish haqi ham ularning ijrosiga bog‘lanadi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalarga doir bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu rahbarlar bir hafta muddatda xalqqa murojaat qilib, rejalarini oddiy tilda tushuntiradi hamda o‘ziga katta mas’uliyat va javobgarlik oladi.
«Endi vazir o‘rinbosarlarini 70 foiz ishi tumanda bo‘lib, ular vazirlik uchun belgilangan KPI ijrosini joyida tashkil qiladi», – dedi davlat rahbari.
Shuningdek, belgilangan rejalarga erishish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi: vazirlik va idora rahbarlarining hisoboti har haftada Hukumat rayosatida, har chorakda esa Oliy Majlisda ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter