Emomali Rahmonni Toshkentda Shavkat Mirziyoyev kutib oldi (foto)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bugun, 2 iyun kuni rasmiy tashrif bilan yetib kelgan.
Toshkent xalqaro aeroportida uni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib olgan. Yetakchilar shu yerda qisqa suhbat o‘tkazishgan. So‘ng Tojikiston prezidenti «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter