Emlashning nojo‘ya ta’sirlarini COVID-19 simptomlaridan qanday farqlash mumkin?
Emlashning yon (nojo‘ya) ta’sirlarini COVID-19 simptomlaridan qanday farqlash mumkin? Ushbu savolga javob qidirgan London qirollik kolleji olimlari vaksinalarning klinik tadqiqotlari natijalarini o‘rganishdi. «Tadqiqotdan keyingi tadqiqot» natijalari «medRxiv.org» serverida e’lon qilindi.
Olimlar 2020-yil yanvaridan 2021-yil 21-iyunigacha oraliqda 15 ming kishida sinab ko‘rilgan Pfizer, Moderna, AstraZeneca va Janssen vaksinalarining klinik sinovlari natijalarini tahlil qilishdi.
Demak, bu sinovlardagi holatlar: taxminan 4 ming kishida koronavirusga xos simptomlar kuzatilgan. Shulardan 2 foizi topshirgan PZR-test musbat chiqqan, ya’ni kovid mavjud bo‘lgan. Simptomi yo‘q qolgan 11 ming kishining 0,8 foizi (taxminan 88 kishi)da koronavirus tasdiqlangan.
Emlash va koronavirus infeksiyasiga xos umumiy yon ta’sirlar: holsizlik, bosh va bo‘g‘im og‘riqlari hamda isitma. Farqi shuki, vaksina olinganining uchinchi kuni bu simptomlar o‘tib ketgan. COVID-19 da esa, aksincha, vaqt o‘tgani sayin kuchayib borgan. Infeksiya yuqtirilganining yettinchi kuniga borib simptomlar eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. Bundan tashqari, kasallanganlarda tomoqdagi og‘riq tobora kuchayib borib, aksirish va ovoz bo‘g‘ilishi paydo bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter