Elon Mask rus raketa dvigatellariga baho berdi
Tadbirkor Elon Mask Rossiyada ishlab chiqarilayotgan «RD-180» raketa dvigatellariga yuqori baho berdi.
«Uyat, «Lockheed Martin» va «Boeing» kompaniyalari «Atlas»ga rus dvigatellarini o‘rnatishga majbur. Ammo bu dvigatellarga gap yo‘q», — Mask «Twitter»dagi sahifasida shunday yozuv qoldirdi.
«Atlas V» — ikki bosqichli raketa-tashuvchi bo‘lib, o‘rta va og‘ir toifadagi yuklarni fazoga olib chiqadi. Uning birinchi bosqichi Rossiyaning «Energomash» kompaniyasida ishlab chiqarilgan kislorod-kerosinli «RD-180» dvigatellaridan kuch oladi. «Atlas»larni chiqaruvchi kompaniya («Lockheed Martin» va «Boeing» qo‘shma korxonasi) Sentennial (Kolorado shtati) shahrida joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter