Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elon Mask 61 million dollarlik ipoteka oldi

Elon Mask 61 million dollarlik ipoteka oldi

Foto: «Vesti Ekonomika»

«SpaceX» asoschisi va «Tesla» rahbari Elon Mask «Morgan Stanley» bankidan 61 million dollarlik ipoteka krediti oldi, deb yozmoqda «Bloomberg».

21 milliard dollari bor («Forbes» ma’lumoti) Mask uchun, aftidan, Kaliforniyada beshta uy sotib olish uchun o‘z biznesidagi pullarni chiqarishdan ko‘ra, bankdan kredit so‘rash oson bo‘lgan.


Mavzuga oid: Elon Maskka dunyodagi eng katta maosh tayinlandi


Mask ilk 17 million dollarlik ipoteka kreditini 2012-yili olgandi, yaqinda uni cho‘zdirib, yana 50 million qarz oldi va to‘rtta uy xarid qildi. Maskning krediti 30 yillik bo‘lib, dastlabki yillarda 3,5 foizdan yillik ustama to‘lab boradi.

Agentlik yozishicha, Mark Sukerberg, Beyonse va Jey-Zi kabi boshqa o‘ta boy odamlar ham ko‘pincha ko‘chmas mulkni ipotekaga olishadi, chunki ularning «erkin» pullari yo‘q, biznesga atalgan pullarni ishlatgandan kredit afzalroq. Qolaversa, banklar ham imtiyozli kreditlarni taqdim etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring