Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elnur, Mirazizbek va Bahodir finalga chiqdi

Elnur, Mirazizbek va Bahodir finalga chiqdi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Iordaniyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Tokio-2020 litsenzion turnirida uch bokschimiz finalga chiqdi. Ertaga ular oltin medal uchun jang olib borishadi.

-57 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Mirazizbek Mirzahalilov final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Serik Temirjanovga qarshi bahs olib bordi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvda farg‘onalik bokschimiz o‘z ustunligini amalda yana bir bor ko‘rsatib berdi va musobaqaning finaliga yo‘l oldi.

Turnirda eng og‘ir vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschimiz Bahodir Jalolov (+91 kg) yarim final jangini o‘tkazdi. Hindistonlik Kumar Satish bilan ro‘baro‘ kelgan vakilimiz 3 raund davomida kuchli zarbalari bilan raqibidan ustun ekanligini yaqqol ko‘rsatib berdi.

Shu tariqa litsenzion turnirda Elnur Abduraimov, Mirazizbek Mirzaxalilov va Bahodir Jalolov ertaga oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring