Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ellik davlat Xitoyning uyg‘urlar bo‘yicha siyosatini qoralab chiqdi

Ellik davlat Xitoyning uyg‘urlar bo‘yicha siyosatini qoralab chiqdi

Xitoyning uyg‘ur ozchilikka qarshi repressiv siyosati BMTda 50 davlat tomonidan qoralandi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ellikta davlat bayonot imzolagan va BMTni Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan inson huquqlari buzilishiga «darhol e’tibor qaratish»ga chaqirgan.

«Biz Xitoy Xalq Respublikasidagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat, ayniqsa, Shinjondagi uyg‘urlar va boshqa asosan musulmon ozchiliklarning inson huquqlari buzilishidan jiddiy xavotirdamiz», — deyiladi BMT Bosh Assambleyasi Inson huquqlari qo‘mitasida. 

50 ta davlat, jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Isroil, Turkiya, Gvatemala va Somali ham Xitoyni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi hisobotidagi tavsiyalarni to‘liq bajarishga va barcha «o‘zboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum etilganlarni» ozod qilishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Shinjonda 10 milliondan ortiq turkiy millatga mansub uyg‘ur musulmonlari yashaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring