Yelizaveta II navbati kelganda COVID-19ga qarshi emlanadi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II maxsus sharoitlarda koronavirusga qarshi emlanmaydi, u navbati kelganda preparatni qabul qiladi. Bu haqda «Daily Express» o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
«94 yoshli qiloricha va 99 yoshli shahzoda Filipp emlash paytida hech qanday maxsus imtiyozlarga ega bo‘lmaydi. Ular navbati kelganda emlanadi», — deb yozadi gazeta.
Buyuk Britaniya hukumati birinchi bo‘lib qariyalar uyidagilar va u yerda ishlovchi xodimlar, shuningdek, tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish xodimlari emlanishini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter