Yelizaveta II «koronavirusga qarshi kurashgan» 100 yoshli veteranga ritsarlik unvoni berdi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Ikkinchi jahon urushining 100 yoshli veterani Tom Murga ritsarlik unvonini berdi.
Tom Mur koronavirusga qarshi kurash uchun 41 million dollar xayriya to‘plagan.
Bir asrlik yubileyini nishonlagan Tom Mur mamlakat milliy sog‘liqni saqlash xizmatiga xayriya to‘plash uchun o‘z bog‘ini 100 marta aylanib chiqishga va’da bergandi. Otaxonning aksiyasi juda ko‘plab insonlar e’tiborini tortdi va rejadagi 1 ming o‘rniga 32 million funt sterling (41 million dollar!) mablag‘ yig‘ildi.
Shundan so‘ng Mur Vindzor qasriga taklif etildi. 17-iyul kuni veteran 94 yoshli qirolicha bilan uchrashdi. Qariya maxsus vositaga tayanib tik turganicha, qirolicha eski udumlar bo‘yicha, otasi Georg VIning qilichini Murning yelkasiga qo‘yib uni ritsarlikka bag‘ishladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter