«Elektron parlament» tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda elektron parlament tizimi joriy etilishi belgilab olindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berib o‘tdi.
Xabarda aytilishicha, Prezident farmoni bilan Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar, joriy etiladigan tartib va amaliyotlar belgilangan. Jumladan, Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida:
— 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatida «Elektron parlament» tizimi joriy etiladi;
— Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yil yakuniga ko‘ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholangani va uning samaradorlik darajasi monitoring qilinadi;
— 2020 yil 1 iyuldan Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining qator masalalar yuzasidan axborotlarini muntazam ravishda eshitish tartibi tatbiq qilinadi;
— 2020 yil 1 avgustdan boshlab Senatda O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish, shuningdek, Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
— 2020 yil 1 iyulga qadar «Mening fikrim» veb-portalining mobil ilovasi ishga tushiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter