Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektromobillar importi 3 barobarga oshdi – statistika

Elektromobillar importi 3 barobarga oshdi – statistika

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 46,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 499 dona elektromobillar import qilgan.

Joriy yilda elektromobillar importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1 003 donaga yoki 3 barobarga oshgan.

O‘zbekiston joriy yilning  yanvar-avgust oylarida eng ko‘p elektromobillar import qilingan davlatlar:

  • Xitoy – 1,3 ming dona
  • BAA – 110 dona
  • Germaniya – 34 dona
  • Gonkong – 30 dona
  • Boshqa davlatlar– 19 dona
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring