Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodovning transfer narxi qimmatlashdi

Eldor Shomurodovning transfer narxi qimmatlashdi

Germaniyaning Transfermarkt portali bugun, 15 oktyabr kuni futbolchilarning yangi transfer baholarini e’lon qildi. Bu haqda «Tribuna» xabar berdi.

Unga ko‘ra, so‘nggi ikki yil davomida O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turgan Eldor Shomurodovning transfer qiymati keskin oshgan. O‘tgan mavsum «Jenoa» safidagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan keyin o‘zbekistonlik forvardning transfer bahosi 5 million yevrodan 7 million yevroga ko‘tarilgandi. «Roma» safidagi muvaffaqiyatli startdan keyin esa Shomurodovning transfer bahosi portal tomonidan bir baravarga – 7 million yevrodan 14 million yevroga ko‘tarilgan.

U bu borada «Roma»ning eng qimmat futbolchilari orasida 12-o‘rindan joy olib, Kris Smolling (12 mln yevro), Rui Patrisiu (10 mln yevro), Stefan El-Shaaravi (7 mln yevro) singari o‘yinchilarni ortda qoldirgan. Rimliklar safidagi eng qimmat o‘yinchilar uchligidan esa Lorenso Pellegrini (45 mln yevro), Nikola Dzanola (45 mln yevro) va Temmi Abraham (38 mln yevro) joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov yozgi transfer oynasida «Jenoa»dan 17 million yevro transfer puli evaziga «Roma» safiga qo‘shilgan edi. Eldor A Seriyada 6 o‘yinda maydonga tushib, 2ta assistga mualliflik qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring