Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodov mashhur karikaturachining istagini bajardi

Eldor Shomurodov mashhur karikaturachining istagini bajardi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘FA xalqaro bo‘limi taklifi bilan dunyoga mashhur rassom Omar Momani Iordaniyada O‘zbekiston terma jamoasi mehmoni bo‘ldi. Unga terma jamoamizning maxsus formasi sovg‘a qilindi.

Momani Eldor Shomurodov bilan uchrashish istagini bildirgandi va bu istagi amalga oshirildi.

Dunyo futbol yulduzlarining karikaturasini chizishi bilan tanilgan rassom Eldorning Italiyadagi faoliyatiga yuqori baho berdi.

O‘tgan yili Omar Momani Eldor Shomurodovga atab karikatura chizgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring