Eldor Shomurodov asosiy tarkibda tushgan o‘yinda «Roma» yirik hisobda g‘alaba qozondi
![Eldor Shomurodov asosiy tarkibda tushgan o‘yinda «Roma» yirik hisobda g‘alaba qozondi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1949809789.jpg)
Yevropa Konferensiyalar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Italiyaning «Roma» klubi Ukrainaning «Zarya» mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Stefan ash-Shaaravi hisobni ochdi.
Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Eldor Shomurodov 62-daqiqada o‘z o‘rnini Abrahamga bo‘shatib berdi.
Keyiingi gollarni Smolling va Abraham kiritdi.
«Roma» ochkolari sonini 6 taga yetkazib, guruh peshqadamligini saqlab qoldi.
«Zarya» – «Roma» 0:3
Gollar: 0:1 – 7 ash-Shaaravi, 0:2 – 66 Smolling, 0:3 – 68 Abraham.
«Zarya»: Matsapura, Favorov (Snurnitsin, 90), Imerekov, Svek, Xomchenovskiy, Kochergin, Buletsa (Zaxedi, 69), Nazarina, Gromov (Frimpong, 90), Kabayev (Lunev, 83), Sayyadmanesh (Kristian, 69).
«Roma»: Ruy Patrisiu, Rojer, Smolling, Kumbula, Kalafori, Kristante, Pellegrini (Vilyar, 77), Darbo (Diavara, 70), Shaaravi (Mayoral, 78), Eldor Shomurodov (Abraham, 62), Karles Peres (Dzanolo, 62).
Ogohlantirish: Kumbula (81), Ruy Patrisiu (83).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter