Elchilar va TIV diplomatik xodimlari uy-joy bilan ta’minlanadi

Illyustrativ surat.
Avval xabar berganimizdek, kecha, 5-aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingan edi.
Farmonda Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi mutaxassislarning ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, hujjat bilan Vazirlar Mahkamasiga poytaxt hududida yer uchastkalari ajratilishini va O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchilari uchun uy-joylar va Tashqi ishlar vazirligining diplomatik xodimlari uchun to‘rtta ko‘p kvartirali uy qurilishini hamda ularning 2019-yilning oxiriga qadar foydalanishga topshirilishini ta’minlash yuklatilgan.
Mavzuga doir:
O‘zbekistonning xorijdagi muassasalari xodimlari ish haqlari oshiriladi
Bundan tashqari, hujjatda «Ipoteka-bank» ATIB, «Asaka-bank» ATB, «O‘zsanoatqurilishbank» ATBga O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi «2017–2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2017-yil 23-oktyabrdagi «2017–2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlarida nazarda tutilgan shartlar asosida elchilar va Tashqi ishlar vazirligi diplomatik xodimlari uy-joy hamda ko‘p kvartirali uylarda kvartira sotib olishi uchun imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish tavsiya etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter