Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elchi: «Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar deyarli o‘lik holda...»

Elchi: «Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar deyarli o‘lik holda...»

Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar «deyarli o‘lik holga keldi», dedi Rossiyaning Londondagi elchisi Andrey Kelin LBC telekanaliga bergan intervyusida.

Diplomat Sovuq urush davrlari haqida so‘zlab, «SSSR va Buyuk Britaniya mafkuraviy sabablarga ko‘ra dushman bo‘lgan. Biroq, endi Moskva va London o‘rtasida mafkura borasida hech qanday farq yo‘q», deb ta’kidlagan. Shuning sababli Kelin Moskva hamda Buyuk Britaniyaning bunday munosabatini tushunmasligini ta’kidlagan.

«Buyuk Britaniya hukumati o‘zaro munosabatlarimizning aksariyat tarmoqlarini to‘xtatdi, faqat iqtisodiy aloqalar va madaniy sohadagi aloqalar saqlanib qoldi. Ammo siyosiy sohada aloqalar deyarli o‘lik», dedi u.

Kelin Rossiyani 13 marotaba tahdid soluvchi mamlakat sifatida tilga olingani, ma’ruza mualliflari esa buning uchun biron bir dalil yoki izoh bermagani haqida ham aytib o‘tgan.

Elchi, shuningdek, Xitoy bilan birgalikda Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi «madaniy ekspansiya» bilan bog‘liq tahdidda ayblanayotganidan hayratda ekanini bildirgan.

Kelinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Buyuk Britaniyaga bir necha bor kiber masalalar bo‘yicha muloqot qilishni taklif qilgan, ammo London bunga sira javob bermagan. Shuningdek, ko‘tarilgan barcha masalalar, jumladan, 2018- yilda Sergey va Yuliya Skripallarning zaharlanishi bilan bog‘liq voqealarni Rossiya tomoni batafsil muhokama qilishga tayyor edi.

Buyuk Britaniya hukumati 16-mart kuni Xitoyni dunyodagi asosiy geosiyosiy tahdid deb atab, Rossiyadan kelayotgan tahdidlarning «to‘liq spektri» ga qarshi faol kurash olib borishga qaror qilganini aytib o‘tgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va G‘arb munosabatlaridagi taranglik saqlanib qolmoqda. So‘nggi kunlarda yuz bergan Bayden-Putin dahanaki bahsi ham buni tasdiqladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring