Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekvadorda ham koronavirusning yangi shtammlari aniqlandi

Ekvadorda ham koronavirusning yangi shtammlari aniqlandi

Foto: «AP Images»

Ekvadorda koronavirusning bir yo‘la uchta yangi shtammi aniqlandi. Olimlarga ko‘ra, ularning britan shtammiga hech qanday aloqasi yo‘q, o‘xshash tomoni — bular ham o‘ta yuquvchan.

Koronavirus tarqalish sur’ati tezlashib ketayotgani haqida JSST ogohlantirmoqda: dunyo bo‘yicha bir hafta davomida salkam besh million kishiga virus yuqdi. Bu pandemiya davridagi haftalik eng yomon ko‘rsatkich.

O‘lim holatlari ham ko‘paymoqda: AQShda 2020-yil Birinchi jahon urushidan keyingi davrda eng ko‘p o‘lim qayd etilgan yil sifatida mamlakat tarixida qolishi mumkinligi haqida bong urishni boshlashdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yil vafot etganlar umumiy soni uch million nafardan oshishi mumkin (o‘tgan yilgidan 15 foiz ko‘p). Hatto «ispan grippi» paydo bo‘lgan 1918-yilda ham Qo‘shma Shtatlarda kamroq odam vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring