Ekvador Assanjning shaxsiy buyumlarini AQShga topshirdi
Ekvador hukumati Julian Assanjning shaxsiy buyumlarini AQSh vakillariga topshirdi.
«Ekvador hukumati «WikiLeaks» sayti asoschisi Julian Assanj britan politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan so‘ng uning Ekvador elchixonasidagi musodara qilingan yuridik hujjatlari va shaxsiy buyumlarini xalqaro huquqlarni buzgan holda AQSh vakillariga topshirdi», — deya bayonot berdi «WikiLeaks».
Eslatib o‘tamiz, «WikiLeaks» ma’lumotiga ko‘ra, AQSh adliya vazirligi Assanj ustidan o‘lim jazosi qo‘llaniluvchi josuslik ishini ochishga urinmoqda. Biroq Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi agarda jurnalistga o‘lim xavf solayotgan bo‘lsa, uni AQShga topshirmaslikka va’da bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter