London sudi Assanjni AQShga ekstraditsiya qilishga order berdi
London sudi bugun, 20-aprel kuni WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni AQShga ekstraditsiya qilishga order berdi.
Assanj AQSh tomonidan josuslik va maxfiy axborotni ochiqlash bo‘yicha 17 ta holatda qonunni buzganlikda ayblanyapti. Agarda aybi bo‘yniga qo‘yilsa, 175 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Buyuk Britaniya Oliy sudi WikiLeaks asoschisiga sud hukmi ustidan arz qilish huquqini bermadi.
Assanj AQSh mahkamasiga topshiriladimi? Yakuniy qarorni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Priti Patel qabul qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter