Ektor Kuper ishga kirishdi. U terma jamoa yig‘iniga 30 nafar futbolchini chaqirdi
Bugun, 22-avgust kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig‘inga kirishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Argentinalik mutaxassis mazkur yig‘inga milliy chempionatimiz va xorijda to‘p surayotgan 30 nafar futbolchini taklif qildi.
Yig‘in davomida Kuper va uning yordamchilari terma jamoaga nomzod bo‘lgan futbolchilar bilan yaqindan tanishib, ularning jismoniy va funksional holatlariga baho berish imkoniga ega bo‘lishadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Toshkentda ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Futbolchilarimiz 6 sentyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi, 11 sentyabrda esa Eronga qarshi maydonga tushishadi.
Toshkentdagi yig‘inga jalb qilingan futbolchilar:
Darvozabonlar:
- Suyunov Eldorbek (Paxtakor)
- Zuhurov Murodjon (Bunyodkor)
- Quvvatov Sanjar (Nasaf)
- Nesterov Ignatiy (Lokomotiv)
Himoyachilar:
- Denisov Vitaliy (Krilya Sovetov, Rossiya)
- Shixov San’at (Buxoro)
- Xolmuhamedov Murod (Qo‘qon-1912)
- Ismoilov Anzur (Lokomotiv)
- To‘xtaxo‘jayev Islom (Lokomotiv)
- Gadoyev Shohruh (Tedjon Sitizen” J.Koreya)
- Krimets Yegor (Paxtakor)
- Muhammadiyev Shuhrat (Lokomotiv)
- Zoteyev Oleg (Lokomotiv)
- A’zamov Sherzod (Lokomotiv)
- Sayfiyev Farrux (Paxtakor)
Yarim himoyachilar
- Ahmedov Odil (Shanxay SIPG, Xitoy)
- G‘ofurov Husniddin (Lokomotiv)
- Haydarov Azizbek (Bunyodkor)
- Mirzayev Sardor (Lokomotiv)
- Shukurov Otabek (Sharja, BAA)
- Sobirxodjayev Sardor (Bunyodkor)
- Rashidov Sardor (Lokomotiv)
- Shomurodov Eldor (Rostov, Rossiya)
- Tursunov Sanjar (Tedjon Sitizen, J.Koreya)
- Kozak Vladimir (Paxtakor)
- Ibrohimov Javlon (Bunyodkor)
Hujumchilar:
- Abduxoliqov Temurxo‘ja (Lokomotiv)
- Bikmayev Marat (Lokomotiv)
- Nagayev Ivan (Qizilqum)
- Igor Sergeyev (Paxtakor)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter