Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Krokus»ga yetkazilgan zararning taxminiy miqdori aytildi

«Krokus»ga yetkazilgan zararning taxminiy miqdori aytildi

Terakt natijasida «Krokus Siti Xoll»ga yetkazilgan zarar har kvadrat metr uchun 250-300 ming rublga yaqin.

Bu haqda RIA nashri Savdo markazlari uyushmasining ko‘chmas mulk bo‘yicha vitse-prezidenti Marat Manasyanga tayanib xabar berimoqda.

«Konsert zalining maydoni 38 ming kvadrat metr bo‘lsa, zarar miqdori 9,5-11,4 milliard rublga baholanishi mumkin.

1 kvadrat metr uchun kamida 200 ming rubl, katta ehtimol bilan 250-300 ming rublga yaqin», – deydi Manasyan.

Uning ta’kidlashicha, «Krokus Siti Xoll» Moskvadagi eng yaxshi konsert zallaridan biri bo‘lib, «a’lo darajada jihozlangan».

«Shuningdek, shikastlangan asbob-uskunalar va konsert jihozlarini qayta tiklash talab etiladi. Yo‘qotilgan narsalarning aksariyati sanksiyalar tufayli Rossiyaga berilmaydi va parallel import orqali import qilishni yoki boshqa ishlab chiqaruvchilarning uskunalari bilan almashtirishni talab qiladi», – deydi ekspert.

Uning ta’kidlashicha, restavratsiya ishlari «tuzilishning muhandislik va texnik murakkabligini hisobga olgan holda» 8-10 oy davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring